• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yilda jangovar tayyorgarlik tekshiruvlari ikki barobar oshgan

    O‘zbekistondagi harbiy bo‘linmalarning bevosita real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda qo‘qqisdan jangovar tayyorgarligini tekshirish tadbirlari soni 2021-yilda o‘tgan yilgiga nisbatan ikki barobarga oshdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi. Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini doimiy jangovar shayligini ushlab turish maqsadida 1 100 dan ortiq to‘satdan tekshiruvlar real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan sharoitda o‘tkazilgan.

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vazirining o‘rinbosari Hamdam Qarshiyev mamlakat Qurolli kuchlari va harbiy qurilishini rivojlantirish hamda harbiy xizmatni o‘tash va harbiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 2021-yilning 11 oyi davomida bajarilgan vazifalar holati to‘g‘risidagi axborotini eshitilgan.

    Yuqori palata ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylarga jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish hamda munosib xizmat sharoitlarini yaratish maqsadida 20 ta poligon yangidan qurilib ta’mirlangan hamda zamonaviy o‘quv-moddiy baza bilan jihozlangan. Ulardan 12 tasi xalqaro talablarga mos ravishda qurilib, harbiy musobaqalarni soha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazish hamda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan.

    Bundan tashqari, har yili takrorlanib o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga chek qo‘yilib, haftaning ketma-ket 4 kuni faqat jangovar tayyorgarlikka qaratilgan hamda amaliy mashg‘ulotlar sifati va soni oshirilgan.

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Hisobot davrida NATO armiyalari tajribasidan kelib chiqib, 6 ta poligonda 45 kilometr majmuaviy yo‘laklar qurilgan. Mazkur komplekslarda razvedka, maxsus va desant bo‘linmalarini barcha shaxsiy tarkibi og‘ir jismoniy va psixologik bosimli murakkab sinovdan o‘tkazilgan.

    Qurolli Kuchlar akademiyasi yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalarini o‘zida qamrab olgan, yangi xalqaro standartlarga mos takomillashtirilgan. Natijada akademiyaning ilmiy salohiyati 51 foizga yetkazilgan.

    Shuningdek, “Temurbeklar maktabi”da ta’lim tizimi tubdan isloh qilinishi natijasida bitiruvchilarning oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi so‘nggi 5 yilda 17 foizdan 98 foizga yetkazilgan.

    Bundan tashqari, Mudofaa vazirligining 300 ga yaqin harbiy xizmatchilari Rossiya, AQSh, Turkiya, Germaniya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Belarus, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya oliy harbiy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida ta’lim olib kelgan, tayyorgarlikdan o‘tgan.

    Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashgandi. Harbiy mashqlar “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya Afg‘oniston bilan chegarada o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlarda 2,5 mingdan ortiq harbiy qatnashgan. Mashqlar paytida Rossiya va O‘zbekiston maxsus kuchlari o‘zbek-afg‘on chegarasidagi shartli terrorchilarni yakson qilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Termiz” poligonida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
    • Shavkat Mirziyoyev “Forish” tog‘ poligonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi
    • O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishga ega poligonlar o‘ntaligi tuzildi (foto)

    22.12.2021, 19:11   Izoh (0)   14838
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Qashqadaryoda gullagan bodom

    22.12.2021, 18:42

    “Biri korrupsiyaga yo‘l ochadi, boshqasi darrov g‘o‘ddayib, oyog‘i yerdan uziladi”. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining sobiq hokimlari haqida

    22.12.2021, 18:25

    “Menga insho yozib yuborsangiz, voyaga yetguningizcha sizga alohida e’tibor qilishga va’da beraman”. Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi maktab o‘quvchilari bilan suhba...

    22.12.2021, 18:10

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” Afg‘onistonda yuk tashish hajmini oshirish niyatida

    22.12.2021, 17:24

    Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    22.12.2021, 16:55

    Toshkentga 2022-yilda 300 ta elektrobus olib kelinishi kutilmoqda

    22.12.2021, 16:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqadagi ishtiroki uchun qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 19 iyul, 10:00

    Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:50

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yasmin Zoitova, yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, qaynonasiga iPhone sovg‘a qilgan Afruza

    Madaniyat | 19 iyul, 09:31

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.