Daryo

O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi (video)

Mudofaa vazirligi bo‘linmalari uch tomonlama mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun kolonnada “Harb-Maydon” poligoniga marsh uyushtirgan

1 daqiqa o‘qish58 092 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Tojikistonda 5—10-avgust kunlari Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya qo‘shinlari ishtirokida uch tomonlama mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bo‘linmasi mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyga kolonnada yurish qilgan. Qo‘shni davlat hududida kolonnada yurishlariga O‘zbekiston havo kuchlarining “Mi-35” jangovar vertolyotlari hamrohlik qildi.

“Mashg‘ulotlarda tashqi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar ustida ishlash kerak bo‘ladi. Mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hamkorlikdagi mashg‘ulotlar Tojikistonning “Harb-Maydon” poligonida o‘tkaziladi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Avvalroq Rossiya O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasiga qo‘shin yuborib, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ikki davlat harbiylari ishtirok etadigan mashg‘ulotlarda 200 ga yaqin harbiy texnika, jumladan, aviatsiya vositalaridan foydalaniladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar