Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari 17—24-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatidagi “Termiz” poligoniga harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi xabar qildi.

Foto: Qozog‘iston mudofaa vazirligi

Foto: Qozog‘iston mudofaa vazirligi

Qayd etilishicha, qo‘shma mashg‘ulotlardan maqsad harbiy vazifalarni hal qilish jarayonida ikki davlat kuchlarining o‘zaro muvofiqligi va darajasini oshirish hisoblanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston tomonidan mashg‘ulotda 100 dan ortiq harbiy xizmatchi qatnashadi, ko‘p funksiyali Su-30SM qiruvchilari, C-295 harbiy-transport samolyotlari, taktik uchuvchisiz havo qurilmalaridan foydalaniladi.

Ta’kidlanishicha, qozog‘istonlik harbiylar mashg‘ulotlar paytida qidiruv-razvedka operatsiyasi, otryadlarini yo‘q qilish paytida jangovar gvardiya bo‘linmalarining harakatlarini ishlab chiqish, noqonuniy qurolli guruhlar tajovuzkorligi va bartaraf qilinishini akslantirish, yaradorlar va yaroqsiz texnikalarni jang maydonidan evakuatsiya qilishni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashgandi. Harbiy mashqlar “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya Afg‘oniston bilan chegarada o‘tkazgan harbiy mashg‘ulotlarda 2,5 mingdan ortiq harbiy qatnashgan. Mashqlar paytida Rossiya va O‘zbekiston maxsus kuchlari o‘zbek-afg‘on chegarasidagi shartli terrorchilarni yakson qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi