Daryo

Rossiya va O‘zbekiston maxsus kuchlari o‘zbek-afg‘on chegarasidagi shartli terrorchilarni yakson qildi (video)

Rossiya va O‘zbekiston maxsus bo‘linmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari 10-avgustga qadar davom etadi

1 daqiqa o‘qish104 354 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Rossiya va O‘zbekiston maxsus bo‘linmalarining harbiy xizmatchilari afg‘on chegarasida shartli terrorchilar tomonidan qo‘lga olingan aholi punktini ozod etish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

“‘Termiz’ poligonida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida maxsus kuchlar aholi punktini qurshab olish, qurshab olingan hududdan chiqqan shartli terrorchilar guruhini ta’qib etish, ularni yakson qilish va aviatsiya zarbalarini berish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Zirhli texnikalardan BTR-82A transportyori, Mi-35 vertolyotlari va o‘qotar qurollardan foydalanildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Tojikistonning Xatlon viloyatida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning 2,5 mingdan ortiq harbiylari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya qo‘shinlari ishtirokidagi uch tomonlama mashg‘ulotlar 5-avgustdan 10-avgustgacha davom etishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 2-avgust kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bo‘linmasi mashg‘ulot o‘tkaziladigan joyga kolonnada yurishni amalga oshirgan. Qo‘shni davlat hududida kolonnada yurishlarga O‘zbekiston havo kuchlarining Mi-35 jangovar vertolyotlari hamrohlik qilgan.

Mavzuga doir: Rossiya O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasiga qo‘shin yuborib, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar