Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan yangi nashri chop etildi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi Online”.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 12-fevral kuni o‘tkazilgan Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n beshinchi sessiyasida “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun asosida Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining 2-moddasidagi, 15-moddaning ikkinchi bo‘limidagi hamda 36-moddasi matnidagi “odamlar” degan so‘z “shaxslar” degan so‘z bilan almashtirildi. 70-moddaning 11-bandi (Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish vakolati), shuningdek, 103 (Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi jinoyat ishlarini yuritish sohasida Oliy sud hokimiyatining organi hisoblanadi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega) va 104-moddalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni ko‘rib chiqish sohasida Oliy sud hokimiyatining organi hisoblanadi hamda tumanlararo, tuman va shahar iqtisodiy sudlarning sud faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega) olib tashlandi.
Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan “Qaraqalpaqstan” nashriyoti tomonidan chop etilgan Konstitutsiyada shu singari o‘zgartish va qo‘shimchalar aks ettirilgan.
Izoh (0)