Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ozarbayjon Qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahrini nazorat ostiga oldi. Bu haqda Tog‘li Qorabog‘ prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyan ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Twitter / @wwwmodgovaz

Foto: Twitter / @wwwmodgovaz

“Afsuski, omadsizlik bizni ta’qib qilmoqda va Shusha shahri to‘laligicha bizning nazoratimiz ostidan chiqdi”, — deya tasdiqlagan Pogosyan.

Shusha shahrining qo‘lga olingani haqida 8-noyabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qilgan. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi esa 9-noyabr kuni Shushadan olingan videoni e’lon qilgan.

Shusha Tog‘li Qorabog‘ning asosiy shaharlaridan biri bo‘lib, u poytaxt Stepanakert shahridan 11 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi mojaro 27-sentabrdan boshlab jiddiy tus oldi. Ikki tomon bir-birini o‘t ochishda ayblamoqda. Mintaqada bir necha marta o‘t ochishni to‘xtatish rejimi haqida e’lon qilindi, biroq bu rejim har safar buzildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident