Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shahar qo‘lga kiritilganini e’lon qildi
Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha shahri Ozarbayjon qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa qarata murojaatida ma’lum qildi.
“8-noyabr sanasi mamlakatimiz tarixida abadiy qoladi. Qurolli kuchlar Shushani nazorat ostiga oldi”, — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda “TASS”.
Shusha — Tog‘li Qorabog’ning muhim shaharlaridan biri. U Stepanakertdan 11 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Armaniston Ilhom Aliyevning bayonotiga hozircha munosabat bildirmadi.
Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tinchlikka erishish uchun qilingan uchta urinishga qaramasdan, 27-sentabrdan buyon davom etmoqda.
Mavzuga doir: