14-noyabr kuni Vashingtonda o‘n minglab odamlar “Tramp uchun marsh”ga chiqdi — ular (Donald Trampning o‘zi kabi) AQShdagi prezident saylovlari natijasidan va keyingi prezident demokrat Jo Bayden bo‘lishidan norozi. Namoyishchilar shahar markazidan yurib o‘tib, AQSh Oliy sudi binosigacha bordi va “muttahamlik bilan o‘tkazilgan saylovlarda ovozlarni o‘g‘irlashni bas qilish”ni talab qildi. Aksiyaga Trampning dushmanlari ham keldi. Mushtlashuvlar boshlandi, aktivistlar bir-biriga qarata butilkalar otdi va yoqalashib ketdi. Ikkala tomonda ham yaralanganlar bor, politsiya kamida 20 kishini qo‘lga oldi. Meduza “Tramp uchun marsh” va undan keyingi to‘qnashuvlar aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovi 2020-yil 3-noyabrda bo‘lib o‘tdi. 15-noyabr holatiga ko‘ra natijalar hali rasman e’lon qilinmadi. Amerika OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenni g‘olib deb topdi, Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini hali ham rasman tan olmagan. Bayden uning mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortishini sharmandalik deb atadi.
Trampning shtab-kvartirasi Demokratlar byulletenlarni qayta ishlash tartibini respublika kuzatuvchilaridan yashirayotganini ta’kidlab, bir nechta muhim shtatlarda qayta hisoblashni talab qildi. Ulardan biri – Jorjiyada ovozlar qo‘lda hisoblanadigan bo‘ldi. Federal prokuratura AQSh prezidentlik saylovlarida mavjud qoidabuzarliklarga oid hech qanday dalil topmaganligini aytgan saylovlaridagi qonunbuzarlikni tekshirishdan bosh tortdi.
Izoh (0)