• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qorabog‘dagi urush, aftidan, tugadi. Pashinyan radikal yo‘qotishlarga rozi bo‘ldi, mintaqaga Rossiya tinchlikparvarlari kiritiladi, Yerevanda norozilik namoyishlari boshlangan

    Armaniston va Ozarbayjon Rossiya vositachiligida 10-noyabrga o‘tar kechasidan boshlab Tog‘li Qorabog‘da urushni tugatishga kelishib oldi, deb yozadi Meduza. Bitim videoaloqa orqali Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev tomonidan imzolandi; Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashmadi. Ammo kelishuv haqida birinchi bo‘lib aynan Pashinyan xabar berdi: u Facebook’da “harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilish natijasida… va yuzaga kelgan holatda bu eng yaxshi qaror ekanligiga ishongan holda” kelishuvga rozi bo‘lganini yozdi.

    Nikol Pashinyanga qarshi bo‘lgan xalq Armaniston hukumati binosiga bostirib kirdi. Yerevan, 2020-yil 10-noyabr

    Nikol Pashinyanga qarshi bo‘lgan xalq Armaniston hukumati binosiga bostirib kirdi. Yerevan, 2020-yil 10-noyabr
    Foto: “TASS”

    Armaniston kuchlari uchun haqiqatda og‘ir bo‘lgan “harbiy vaziyat tahlili” va shartnoma matni u de-fakto (amalda) tan olinmagan respublikani qutqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Putin bitim “hamma uchun foydali bo‘lishi”ni aytdi.

    Shartnomaning asosiy bandlari:

    • Chegaralar tutashgan hududga Rossiya tinchlikparvarlari kiritiladi (bular — o‘qotar qurol bilan qurollangan 1960 nafar harbiy xizmatchi, 90 ta bronetransportyor, 380 ta avtomobil va maxsus texnika).
    • Armaniston Qorabog‘i jismonan mavjud bo‘lishdan to‘xtamaydi, ammo uning bo‘lg‘usi maqomi shartnomada umuman tilga olinmagan.
    • Armaniston sobiq ittifoq davrida Tog‘li Qorabog‘ viloyati tarkibiga kirmagan va o‘zi 1990-yillar boshida egallab olgan hududlarni Ozarbayjon nazorati ostiga qaytarishi kerak. Hozircha Armaniston kuchlari egallab turgan bu hududlar Ozarbayjonga 15-noyabrdan 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda topshirilishi kerak.
    • Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hududi 2020-yildagi urush chog‘ida Ozarbayjon qo‘shinlari tomonidan egallangan hududlar hisobiga qisqaradi. Boshqa bir qator tumanlardan tashqari, armanlar Qorabog‘dagi (strategik va ramziy ma’nolardagi) asosiy shaharlardan biri Shushudan ajraladi, u ozarbayjonliklar tomonidan 7—9-noyabr kunlari egallangan edi.
    • Armaniston Qorabog‘ining Shushudan 10 km masofada joylashgan poytaxti — Stepanakert armanlar nazorati ostida qoladi. U Armaniston bilan yo‘lak orqali (Lachin yo‘lagi) bog‘lanadi, uni ham Rossiya tinchlikparvarlari qo‘riqlaydi.
    • Buning evaziga Ozarbayjon Naxichevan viloyatida Rossiya tomonidan qo‘riqlanadigan xuddi shunday yo‘lakni qo‘lga kiritadi, u Ozarbayjonning asosiy hududidan Armaniston hududi tomonidan ajratib qo‘yilgan o‘z eksklaviga olib oradi.
    • Tomonlar butun hududga qochoqlar qaytib kela olishi haqida kelishib oldi; Ozarbayjon hududlari Bokuga qaytarib berilayotganini hisobga olganda, gap ozarbayjonliklarni Qorabog‘ning Armaniston qismiga qaytarish haqida bormoqda; Qorabog‘da 1990-yillardagi urushgacha ozarbayjonlik ozchiliklar yashardi. Qaytarish jarayoni BMT ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak.
    • “Tinchlikparvar kuchlar markazi” tuziladi, uning faoliyatida, Aliyevning aytishicha, Ozarbayjonning asosiy ittifoqdoshi — Turkiya ishtirok etadi. Kelishuvni tayyorlashda Anqara ishtirok etganidan darak beruvchi narsa shuki, Qorabog‘dagi urushning yakuni yaqinlashib qolgani haqidagi ilk mish-mishlar aynan Turkiyada paydo bo‘la boshladi.
    • Armaniston anklavi Qorabog‘da qanday huquqlar asosida mavjud bo‘lishi shartnoma matnidan ma’lum emas. Aliyevning aytishicha, u “ularga (armanlarga) muxtoriyatni taklif qilgan, ammo ular mustaqillikni xohlagan”. “Endi nima deysan, Pashinyan?” — deb so‘radi u o‘zining xalqqa murojaatida. “Qorabog‘ — bizniki!” — deya nutqini yakunladi u.
    • Kelishuv besh yil muddatga tuzildi (uzaytirish imkoniyati bilan, agar tomonlardan hech qaysisi shartnomadan chiqishini e’lon qilmasa).
    Pashinyan “favqulodda og‘riqli qaror” haqida e’lon qilgach, Yerevanda namoyishlar boshlandi. Shahar ko‘chalariga yuzlab namoyishchilar chiqib, Armaniston hukumati binosi yonida to‘plandi va qo‘riqchilar zanjirini yorib o‘tib, ichkariga bostirib kirdi, derazalarni sindirdi va ichki xonalarni ag‘dar-to‘ntar qildi. Namoyish ishtirokchilari bosh vazirga qarata haqoratlar aytib, shundan so‘ng uning uyiga qarab yo‘l oldi. Norozilik aksiyalari chog‘ida Armaniston parlamenti spikeri do‘pposlangan. Telegram-kanallar Yerevan aholisini shahar ko‘chalariga chiqishga chaqirmoqda. Avvalroq Armanistonning 17 ta muxolifatchi partiyasi Pashinyan o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqishini va jangovar harakatlar tugagunga qadar, hokimiyat muvaqqat boshqaruv organiga berilishini talab qilgan edi.

    Shunday vaziyat davom etayotgan bir paytda Armanistondagi manbalar va Ozarbayjon prezidenti Aliyev Pashinyan so‘nggi lahzada go‘yoki uch tomonlama bayonotni imzolashdan bosh tortganini ma’lum qildi. Armanistonda ko‘pchilik fuqarolar “taslim bo‘lish” qaroridan norozi ekanligi tufayli kelib chiqqan siyosiy inqiroz boshlanganini hisobga olganda, bu imzo yaqin kelajakda qo‘yilishi-qo‘yilmasligi noma’lum. Keyinroq Pashinyan o‘z Facebook’ida jonli efirga chiqib, uning tinchlik shartnomasini imzolashdan boshqa chorasi bo‘lmaganini aytdi. Tafsilotlar haqida yaqin kunlarda ma’lumot berishni va’da qildi. Shuningdek, u Yerevandagi tartibsizliklar ishtirokchilari javobgarlikka tortilishini aytdi.

    Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvarlari allaqachon Qorabog‘ga kirgan, ammo bu xabar tasdiqlangani yo‘q.

    Mavzuga doir:

    • Ilhom Aliyev Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da armanlarga shahar boshqaruvi yoki madaniy avtonomiya berishga tayyorligini ma’lum qildi
    • Rossiyaning Mi-24 vertolyoti Ozarbayjon armiyasi tomonidan urib tushirildi. Ozarbayjon hodisa tasodifan yuz berganini ma’lum qildi va buning uchun uzr so‘radi
    • Tog‘li Qorabog‘dagi asosiy shaharlardan biri Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tgani tasdiqlandi
    • Ilhom Aliyev Ozarbayjonga tajovuz qilinsa, Turkiyadan harbiy yordam so‘rashga tayyorligini ma’lum qildi
    • Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘dagi muhim shahar qo‘lga kiritilganini e’lon qildi

    10.11.2020, 09:50   Izoh (0)   45342
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilhom Aliyev Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da armanlarga shahar boshqaruvi yoki madaniy avtonomiya berishga tayyorligini ma’lum qildi

    10.11.2020, 07:34

    BMT bosh kotibi Jo Baydenni AQSh prezidentligi saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi

    10.11.2020, 07:15

    Estoniya ichki ishlar vaziri AQShdagi prezidentlik saylovini tanqid qilgani uchun iste’foga chiqdi

    10.11.2020, 06:12

    Rossiyaning Mi-24 vertolyoti Ozarbayjon armiyasi tomonidan urib tushirildi. Ozarbayjon hodisa tasodifan yuz berganini ma’lum qildi va buning uchun uzr so‘radi

    09.11.2020, 23:45

    Yo‘qolib ketayotgan pingvin, ilk qor bo‘ronlari, kelayotgan ranglar bayrami. 9-noyabr suratlari

    09.11.2020, 23:23

    Tog‘li Qorabog‘dagi asosiy shaharlardan biri Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tgani tasdiqlandi

    09.11.2020, 23:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.