Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari ortgani sabab 12-noyabrdan odam ko‘p to‘planadigan ko‘chalar va jamoat transportlari bekatlarida sigaret chekish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Avvalroq e’lon qilingan farmoyishda barcha jamoat joylarida, turar joy binolaridan tashqari, fuqarolar hech qanday istisnosiz niqob taqishi majburiy etib belgilangandi. Biroq shu kabi joylarda sigaret chekmoqchi bo‘lgan insonlar niqoblarini yechmoqda, pastga tushiryapti, ulardan to‘g‘ri foydalanmayapti. Shu sababli 12-noyabrdan barcha viloyatlardagi odam ko‘p to‘planadigan ko‘chalar va jamoat transporti bekatlarida chekishga taqiq o‘rnatiladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “havo orqali osonlikcha yuqadigan koronavirusning tarqalishini oldini olishda niqoblarning uzluksiz taqilishini ta’minlash juda muhim”.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi boshlarida Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja mamlakat koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqinini boshidan o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. O‘shanda vazir kasallar sonining ortishiga dam oluvchilar profilaktika choralariga yaxshi rioya qilmayotganini sabab qilib ko‘rsatgan. Mamlakat iqtisodiyoti pandemiya sababli rekord darajada pasaygan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 400 ming kishidan oshgan, 11 mingdan ortiq bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda