Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da urushni to‘xtatish bo‘yicha sulh imzoladi. Bitim imzolangani e’lon qilinganidan so‘ng Yerevanda norozilik namoyishlari boshlandi, mitingchilar hukumat binosiga bostirib kirdi. Ozarbayjon xalqi esa g‘alabani bayram sifatida nishonlamoqda. “Kommersant” tomonlar tinchlik bitimini qanday qabul qilgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

Dushman taraflar o‘zlari egallagan pozitsiyada qolmoqda. Rossiya mintaqaga 1960 nafar tinchlikparvar yubordi. Yerevanda tinchlik bitimi imzolangach, hukumat binosi qarshisida Nikol Pashinyanning qaroridan norozi bo‘lganlar aksiya uyushtirdi

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Norozilik namoyishi ishtirokchilari hukumat binosiga bostirib kirdi

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ular eshik va oynalarni sindira boshlagan

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ma’lum qilishicha, Armaniston Qorabog‘da urushni to‘xtatish bo‘yicha bitimni imzolab, taslim bo‘lgan, Boku esa urush jarayonida barcha maqsadlariga erishgan

Foto: AFP

Foto: AFP

Yerevan markazidagi norozilik namoyishida bir necha ming aholi to‘plangan

Foto: Reuters

Foto: Reuters

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar parlament spikeri Ararat Mirzoyanni kaltaklagan

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ganja shahri aholisi g‘alabani nishonlamoqda

Foto: AFP

Foto: AFP

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan urushni to‘xtatish bo‘yicha bitimni imzolashdan boshqa chorasi qolmaganini ma’lum qilgan

Foto: Reuters

Foto: Reuters

U bunga izoh berishdan bosh tortgan, biroq ta’kidlashicha, bu insonlar hayoti bilan bog‘liq

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Pashinyan tartibsizlik uyushtirganlarni tanqid qilib, ular javobgarlikka tortilishini bildirgan

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ozarlar Nyu-York ko‘chalarida g‘alabani nishonlamoqda

Foto: AFP

Foto: AFP

Boku ko‘chalaridagi bayram shukuhi

Foto: AFP

Foto: AFP

Tog‘li Qorabog‘ prezidenti Araik Arutyunyanning ma’lum qilishicha, jangovar harakatlar davom ettirilganida “butun Qorabog‘ qo‘ldan chiqqan bo‘lardi”. Suratda Yerevandagi hukumat binosidagi namoyishchilar

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Yerevanda norozilik namoyishini o‘tkazayotgan armanlar

Foto: AFP

Foto: AFP

Ozarlar g‘alabani nishonlamoqda

Foto: AFP

Foto: AFP

Huquq-tartibot xodimlari Yerevandagi hukumat binosini qo‘riqlamoqda

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi