Prezident administratsiyasining qator lavozimlariga nomzodlar tasdiqlandi. Bu haqda 30-iyul kuni prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident farmoniga asosan, Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti – Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari etib tayinlandi.
Kamoliddin Mardonov administratsiyaning Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu bilan birga, tuzilmaning turli departamentlariga quyidagilar:
- Ulug‘bek Xanayev Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Bosh yuriskonsult,
- Eldor Hamroyev Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari,
- Aziz Azimov Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,
- Sergey Gordeyev Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi bo‘yicha departament boshlig‘i o‘rinbosari,
- Gulruxsor Xatamova Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Farrux Omonov va Rustam Mirzayev ham mazkur departament bog‘lig‘iga o‘rinbosar,
- Fathiddin Muhiddinov Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari,
- Husniddin Hoshimov Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari
- O‘lug‘bek Normatov Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shu bilan birga, Oybek Umarov administratsiyaning ishlar boshqaruvchisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ulug‘bek Husainov esa Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan administratsiyaning Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq prezident maslahatchilariga o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh (0)