• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xalifalikning oxirgi kunlari. Turkiya respublikasining tashkil topishi tarixi

    “Daryo” an’anaviy tarix ruknida Birinchi jahon urushining Turkiyaga ta’siri, Mustafo Kamolning islohotlari va bugungi respublikaning siyosiy jarayonlari haqida hikoya qiladi.

    Birinchi jahon urushidan keyingi Turkiya

    Turkiya Birinchi jahon urushidan mag‘lub davlat sifatida chiqdi. Mamlakat maorifi, tibbiyoti, iqtisodi o‘ta zaiflashgan, imperiya qulagan va Yevropa davlatlari Turkiyani qaram davlatga aylantirgandi. Angliya, Gretsiya va Fransiya Turkiyani parchalab tashlab, uning mustaqil davlat sifatida yashashiga nuqta qo‘yishni istadi. Bu masala bilan to‘rt mamlakatdan iborat kengash Gretsiya tarafiga Antanta tarkibida urush harakatlarida ishtirok etgani uchun sovg‘a sifatida Izmirni egallash huquqini topshirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1919-yilning bahorida inglizlar Onado‘lining janubiy sharqiy qismini, fransuzlar shimoliy Frakiyani, greklar Izmirni bo‘ysundirdi. Usmonli imperiyasining so‘nggi  hukmdori Sulton Mahmud VI hech nima qila olmasdi. Shu paytda yosh zobit Mustafo Kamol poshsho o‘z zimmasiga mamlakatni himoya qilish mas’uliyatini oldi. 1919-yilning yoz oyida Sivasda turk millatlari kongressini chaqirdi va kengashga uning o‘zi raislik qildi. Majlisda Sulton Mahmud VI g‘arbning qo‘lidagi qo‘g‘irchoq sulton ekani bois, uning farmonlari noqonuniy ekani va “Turkiya o‘z chegaralari doirasida bo‘linmas va ajralmasligi” ta’kidlandi hamda millat g‘arblik bosqinchilarga qarshi kurashishga chaqirildi.

    Mustaqillik uchun kurash

    1919-yilning 15-may sanasida grek qo‘shinlari Smirna (Izmir) shahriga qo‘shin kiritdi. Izmir aholisining aksari greklar ekani bois shaharliklar grek qo‘shinlarini ozodlik elchilari sifatida qarshi oldi. Sal avvalroq Italiya Smirnani o‘zining okkupatsion hududi sifatida e’lon qilgan edi, Gretsiya hukumati bunga javoban Smirnaga o‘z qo‘shinlarini kiritdi. Italyan hukumatining provakatsion siyosati natijasida grek va turklar orasida qurbonlar bo‘ldi. Biroq Turkiyadagi vaziyat murakkabligicha qolayotgan, hech kim hali Turkiya mustaqilligini saqlab qolishga intilmas edi.

    Shunday vaziyatda Mustafo Kamol poshsho tarqoq turk zobitlari, milliy ziyolilarini birlashtirib, bosqinchilarga qarshi kurashga kirishib ketdi. Gretsiya Ushoq, Bursa, Bandirma, Adirna kabi aholi punktlarini egallaydi, lekin Turkiya ichkarisiga yurish qilishga ittifoqchilari roziligini ololmagach, harakatlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu orada Angliya va Fransiya Sulton Mahmud VI ni Kamol poshsho bilan murosa qilgan holda yangi parlamentga saylovlar e’lon qilishga ko‘ndirdi. Saylov natijalariga ko‘ra, Mustafo Kamol poshshoning tarafdorlari parlamentda ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi.

    1920-yilning 28-yanvar sanasida ingliz hukumatining bosimi ostida Anqarada o‘tkazilishi belgilangan majlis Anqarada emas,  Istanbulda o‘tkazildi. Kengashda Turkiyaning mustaqilligi haqida deklaratsiya qabul qilindi. Deklaratsiyaning 6-moddasiga binoan Turkiyaning Qora dengizdagi qirg‘oqlari ham turk mulki, Turkiya qo‘l ostidagi arab millatlarining kelajagi plebissit orqali hal qilinishi belgilab qo‘yildi. Turklar istiqomat qiladigan hududlar esa Turkiya nazoratida qolishi ta’kidlandi. Bu hudud ayni paytdagi Turkiyaning hududi sanaladi. Bunga javoban Antanta qo‘shinlari Konstantinopolni va Qora dengiz sohillarini ishg‘ol qildi.

    Foto: Global Press

    Foto: Global Press

    Anqarada Mustafo Kamol o‘z qo‘shinini yig‘a boshlaydi. Biroq qo‘shinga qurol-yarog‘ yetishmasdi. Mustafo Kamol bolsheviklar bilan muloqot o‘tkazdi va Turkiyada kommunistik mafkuraga asoslangan davlat qurmoqchi ekanini ma’lum qildi. Bu o‘ziga xos ayyorona diplomatiya ham edi. Bolsheviklar Rossiyasi Turkiyaga qurol-yarog‘ va moddiy yordam yetkazib bera boshlaydi. 1922-yilga kelib, turk hukumati aksar antantachilarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

    Biroq greklarga qarshi kurash hali to‘xtamagan edi.  Shunga qaramasdan, Mustafo Kamol hukumati 1923-yil poytaxti Anqara bo‘lgan Turkiya respublikasi tashkil qilinganini e’lon qildi. Mazkur voqeadan so‘ng, Gretsiya va Turkiya o‘rtasida aholini ayirboshlash kelishuvi imzolandi. Gretsiyadagi turklar Turkiyaga, Turkiyadagi greklar Gretsiyaga ko‘chib o‘tishiga ruxsat berildi. Respublika e’lon qilinishi bilan turk lirasi – milliy valyuta qabul qilindi. Yangi mamlakatning prezidentligiga Mustafo Kamol saylandi.

    Mustafo Kamolning islohotlari

    Prezident Mustafo Kamol Turkiya iqtisodiyotini izga solish maqsadida bir qator siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy islohotlar o‘tkaza boshlaydi. Turkiyadagi bu islohotlar keyinchalik kamolchilik islohotlari nomi ostida “Atatürk Devrimleri” degan nom bilan ham mashhur bo‘ldi.

    Islohotlarning bosh maqsadi Turkiyani g‘arbdagi islohotlarni Turkiyada joriy etish orqali Turkiyani dunyoviy davlatga aylantirish edi. Islohot shu darajada amalga oshirildiki, natijada, Turkiyada Usmonlilar imperiyasidagi qadriyatlar tezlikda unutila boshlandi. Islohotlar natijasida 1924-yilda yangi Turkiya konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustafo Kamol islohotlarini ba’zi tarixchilar 1839-yilda boshlangan Tanzimot davri islohotlari bilan mengzaydi.

    Tanzimot 1876-yilda dastlabki turk konstitutsiyasini qabul qilishi bilan nihoyasiga yetgan edi. Keyinchalik prezident Turg‘ut O‘zal davrida Turkiyadagi iqtisodiy, siyosiy islohotlar mamlakatning Yevropa integratsiyalashuvi ortidan yuz berdi. 1987-yildagi mazkur islohotlar Turg‘ut O‘zal islohotlari ham deb talqin qilindi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Kamolchilik

    Mustafo Kamol islohotlarini e’lon qilar ekan, Jan Jak Russo va Monteskyoning cheklangan liberalizm g‘oyalaridan ilhomlangandi. Bu islohotlar hozirda ham Turkiyada kamolchilik doktrinasi sifatida talqin qilinadi. Kamolchilikning asosiy quyidagi olti shakli 1937-yildagi Turkiya konstitutsiyasida ham o‘z ifodasini topdi. Bular:
    1. Xalqchillik
    2. Respublikachilik
    3. Milliylik
    4. Dunyoviylik
    5. Etatizm (iqtisodda davlat nazorati)
    6. Islohotchilik
    Mazkur olti aqida orasida milliylik ustuvor bo‘lib, islohotlarni o‘zagini tashkil qilar, turk jamiyatini birligini o‘zida ifoda etardi.

    Mamlakatda liberalizm, teng huquqlilik, ijtimoiy sinflarning yo‘qligi e’tirof etilsa-da, Turkiyada Mustafo Kamolning kuchli diktaturasi o‘rnatildi. Mustafo Kamolning vafotidan so‘ng uning izdoshlari Ismat Inonyu va Saraj o‘g‘li ham kamolchilik mafkurasidan o‘zlarining konservativ jamiyatida islohotlar o‘tkazishda foydalanishdi. Bir partiyali tizim va kamolchilik g‘oyalari vaqt o‘tishi bilan Turkiyani urushdan keyingi bir qator muammolarini bartaraf qilishga yordam berdi.

    Xulosa o‘rnida

    Bugun Turkiya Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rahbarligi ostida panturkchilik g‘oyalarini ilgari surmoqda va shu bilan birgalikda, Otaturk barpo qilgan dunyoviylikdan diniy davlat sari qadam tashlamoqda.  Erdo‘g‘on hukumati Buyuk Usmonlilarning qonuniy merosxo‘ri sifatida Buyuk Porta davridagidek xalqaro munosabatlarda yetakchilik qilishga – Yaqin Sharqdagi Iroq, Suriya, Liviyadagi siyosiy vaziyatda Turkiya nimalarga qodirligini isbotlashga urinmoqda.

    Bugun Turkiya Xitoyda huquqlari toptalgan uyg‘urlarning, Myanmadagi roxinja musulmonlarining, Hindistondagi musulmonlarning hamda Tog‘li Qorabog‘dagi etnik nizolarda ozar xalqining himoyachisi sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Turkiya Turk olamidagi eng katta aholisi va siyosiy qudratiga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri sifatida o‘z maslaklarini amalga oshirishga urinmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    02.11.2020, 10:15   Izoh (0)   46670
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Qorabog‘ nizosini hal etishga skandinaviyalik tinchlikparvarlarni yuborishni taklif qildi

    02.11.2020, 08:11

    Germaniyada 14 yil davomida qurilgan yangi aeroportning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    02.11.2020, 07:27

    Rossiyalik virusolog koronavirusning 5 ta asosiy simptomlarini ma’lum qildi

    02.11.2020, 06:28

    Tunisda Nitssadagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan kishi hibsga olindi

    02.11.2020, 05:26

    Tramp amerikalik shifokorlarni COVID-19 statistikasini oshirib ko‘rsatganlikda aybladi

    01.11.2020, 23:43

    Gretsiyaning Samos orolida zilzila tufayli olti oylik favqulodda rejim joriy etildi

    01.11.2020, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

    17 iyul, 13:30

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biri bilan xayrlashmoqchi

    Sport | 17 iyul, 13:45

    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

    Reklama | 17 iyul, 13:30

    Iroqda savdo markazidagi yong‘inda 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 17 iyul, 13:06

    Farg‘onada xaridorni pichoqlagan do‘kon sotuvchisi 11 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 12:45

    OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    Sport | 17 iyul, 12:39

    O‘zbekistonda 18-iyul kuni 45 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 12:16

    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

    Reklama | 17 iyul, 11:59

    Ko‘kdaladagi gaz zapravkadagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.