Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 2-turi doirasida o‘tkazilgan bahsda “Liverpul” safarda “Chelsi”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Yurgen Klopp boshqaruvidagi jamoa ketma-ket besh o‘yindan beri “Chelsi”ga mag‘lub bo‘lmayapti — to‘rt g‘alaba va bir durang.
Mersisayd klubining mazkur seriyasi 2018-yil 29-sentabrda boshlangan. “Chelsi” oxirgi marta 2018-yilning 6-may kuni “Liverpul”ni mag‘lub etgan (1:0).
“Liverpul” ikkinchi turdan keyin 6 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Chelsi” 3-ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.
Izoh (0)