“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A Seriyaning 1-turidan o‘rin olgan “Sampdoriya”ga qarshi uchrashuvda (3:0) ajoyib statistik natija qayd etdi.
Portugaliyalik futbolchi bahs davomida darvoza tomon 10 ta zarba yo‘lladi, bu esa kuchli beshlik chempionatlari futbolchilari orasida joriy mavsumdagi eng yaxshi natija hisoblanadi (bir o‘yin davomida).
Bundan tashqari, Ronaldu ushbu o‘yinda o‘z nomiga bitta gol ham yozdirib quydi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018-yilning yozidan beri “Yuventus” safida to‘p suradi. 2019/20-yilgi mavsumda u A Seriyada 33 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan.
Mavzuga doir:
- Krishtianu Ronaldu IFFHS’ning 2019-yildagi eng yaxshi xalqaro to‘purari deb topildi
- Krishtianu Ronaldu qaylig‘iga 615 ming funtlik uzuk sovg‘a qildi
- “Yuventus”ning 2020/21-yilgi mavsumda Italiyada chempion bo‘la olmasligiga 5 ta sabab
- Torres, Xavi va Neymar. Ronaldu va Messi bo‘lmaganida so‘nggi o‘n yillikda “Oltin to‘p”ni kimlar olgan bo‘lardi?
Izoh (0)