Turli davlat oshxonalariga mansub taom va yeguliklar bilan bo‘lishishda davom etamiz.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- un — 600 gr;
- suv — 300 ml;
- tuz — 1,5 choy qoshiq;
- pishloq — 300 gr;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- ko‘katlar — 100 gr.
- Un, suv, tuz, unni qo‘shib, yumshoq va elastik xamir tayyorlab oling.
- Xamirni 6-8 bo‘lakka bo‘ling.
- Yog‘ surtilgan stolga qo‘yib, xamirni yupqa qilib yoying.
- Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa maydalangan ko‘kat qo‘shing.
- Xamirga “nachinka”ni solib buklang.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada 2 daqiqa davomida qizartirib pishirib oling.
- “Nachinka”ga pishloq o‘rniga tvorog, qiyma yoki tovuq go‘shti solsa ham bo‘ladi.
Izoh (0)