• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand hokimi viloyatdagi shifokorlar uch oylab uyiga bormay, koronavirus bemorlarini davolayotgani haqida gapirdi

    Samarqand viloyatida uch oydan buyon uyiga bormasdan, koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan shifokorlar bor. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: Samarqand viloyat hokimligi

    Foto: Samarqand viloyat hokimligi

    Hokimning ma’lumot berishicha, ana shunday jonkuyarlardan biri — Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori Abdusodiq Boymirzayev.

    “Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori Abdusodiq Boymirzayev uch oydan buyon uyiga bormasdan, bemorlarga shifo ulashmoqda. Buni fidoyilikning yorqin namunasi, deb bilaman. Fursatdan foydalanib, barcha shifokorlarga yana bir karra chuqur minnatdorchilik bildiraman. Xalqimiz ham sizlardan minnatdor. Albatta, tushunib-tushunmasdan tibbiyot xodimlariga tosh otayotganlar uchrab turibdi. Bular ham o‘tkinchi. Ulardan ham xafa bo‘lmang. Siz bugun xalqimizning dardiga malham bo‘lyapsiz, azizlar. Biz sizdan minnatdormiz”, — deydi viloyat hokimi.

    Viloyat hokimining ta’kidlashicha, shifokorlarga zarur sharoit yaratib berilmasa-da, ular bor imkoniyatdan ham unumli foydalanmoqda.

    “Oldin ham aytganman, bugun ham aytaman. Siz bugun mana shu jarayonning, ya’ni front deb aytadigan bo‘lsak, uning oldi qatorida turibsiz. Koronavirus pandemiyasi insoniyatni tiz cho‘ktirdi. Eng rivojlangan davlatlar, Yevropa tibbiyoti ham koronavirus pandemiyasi zarbasiga dosh berolmasdan silkinib oldi, ko‘plab kamchiliklarga duchor bo‘ldi. Albatta bizning tibbiyotimiz ham bundan xoli emas, yetarli kamchiliklar bor. Lekin gap tibbiyot to‘g‘risida emas, gap shifokorlarimiz to‘g‘risida ketyapti. Albatta, shifokorlarimiz haqiqiy mardlik, jasorat namunasi bo‘lmoqda”, — deydi Erkinjon Turdimov.

    Erkinjon Turdimovning ma’lum qilishicha, viloyatda COVID-19 bilan bog‘liq murojaatlarini qabul qilish maqsadida 2020-yil 20-apreldan boshlab yo‘lga qo‘yilgan Call-markazga shu kungacha 5 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Shuningdek, 20-iyuldan boshlab markaz 1105 qisqa raqami bilan o‘z faoliyatini qayta boshlagan, operatorlar soni ham 7 nafardan 20 nafarga oshgan. Markazga ilgari kuniga 55-60 ta murojaat bo‘lgan bo‘lsa, hozirda esa 500 dan ortiq murojaat tushmoqda. Ushbu murojaatlarning 60 foizga yaqini tez tibbiy yordamga muhtojligi sababli 103 qisqa raqamiga yo‘naltirilmoqda. Qolaversa, 1105 bilan 103 raqamining bir-biriga aloqasi ham tiklanib, markazga kelib tushgan murojaatlarga Samarqand tibbiyot institutining yetakchi mutaxassislari, psixologlari va volontyor talabalar guruhi kecha-yu kunduz javob bermoqda.

    Qo‘shimcha qilinishicha, markaz qoshida onlayn poliklinika faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, infeksionist, umumiy amaliyot shifokorlari, reanimatolog va tor soha mutaxassislari o‘zlarining foydali maslahatlarini berib kelmoqda.

    Hokimning aytishicha, 103 ga ayni kunda kuniga 3200 tagacha qo‘ng‘iroq bo‘lmoqda. 26-iyul kuni 3248 ta murojaat bo‘lgan bo‘lsa, shundan 780 tasi Samarqand shahri aholisidan tushgan. Iyul oyi boshida viloyatda tez yordam mashinalari soni 280 tani tashkil qilgan. Ayni kunga kelib esa ularning soni 363 taga yetkazilgan. O‘tgan haftaning o‘zida 83 ta Damas sotib olingan. Jizzax shahridagi Volkswagen zavodida ishlab chiqarilayotgan tez yordam mashinalaridan 10 tasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasining barcha tuman va shahar bo‘limlari ham Damas bilan ta’minlangan.

    Mavzuga doir:

    • “Moddiy tomondan yordam bera olmasak ham, ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”. Erkinjon Turdimov shifokorlarni asrashga chaqirdi
    • Samarqand viloyati hokimi hududdagi tashkilot mas’ullarining davlat tashkilotida bepul test topshirishga urinishini qoraladi
    • Erkinjon Turdimov: Bugungi kunda COVID-19 kasalligiga qarshi urush qilyapmiz. Bu jangning oldida tibbiyot xodimlari turibdi

    27.07.2020, 21:51   Izoh (0)   18754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nurmat Otabekov: “O‘zini yaxshi qilib ko‘rsatish uchun boshqani yomonlashga urinayotgan tibbiyot xodimlari yo‘q emas”

    27.07.2020, 21:36

    Koronavirusning boshqa shamollash va o‘tkir respirator kasalliklardan farqli bo‘lgan jihatlari aytildi

    27.07.2020, 20:04

    “Plan”ni to‘ldirish uchun kuniga 5 tadan bayonnoma tuzishga topshiriq bergan Olmazor IIB podpolkovnigiga nisbatan xizmat tekshiruvi belgilandi

    27.07.2020, 19:49

    Namanganda sevgan qizi boshqaga unashtirilganidan so‘ng 5 marotaba pichoq urib o‘ldirgan yigit 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    27.07.2020, 19:18

    Nurmat Otabekov: “Biz virusning tashqi muhitda o‘lishiga qo‘yib bermayapmiz, qo‘lma-qo‘l uzatyapmiz”

    27.07.2020, 19:03

    Dunyoda oltinning narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi

    27.07.2020, 18:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.