Braziliyaning Santa-Katarina shtati aholisi noodatiy optik hodisa — galo fenomenining guvohi bo‘ldi. Bu haqda Globo nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
G‘ayrioddiy tabiat hodisasini braziliyaliklar 26-fevral kuni kuzatishdi. Galo fenomenini Florianopolis shtati poytaxtida, shuningdek, bir necha shaharlardan turib ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur tabiat hodisasi tasvirlangan video va suratlarni o‘z sahifalariga joylashtirdi.
Galo troposferaning yuqori qatlamlarida mavjud bo‘lgan muz kristallarida kuchli yorug‘lik manbasidan kelgan yorug‘likning akslanishi natijasida yuzaga keladi.
Izoh (0)