Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol rahbarligidagi KXDR rasmiy delegatsiyasi Koreya Respublikasiga uch kunlik tashrifni yakunlab, vataniga qaytdi, deb yozadi “TASS”.
Ketish oldidan delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya birlashuv vaziri Cho Myon Gyun va Milliy razvedka xizmati direktori So Xun bilan rasmiy nonushta o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar Koreyalararo hamkorlik sharofati bilan Pxyonchxandagi qishki Olimpiada muvaffaqiyatli o‘tganini qayd etdi va Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatish borasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Avvalroq KXDR delegatsiyasi parallel tarzda Koreya Respublikasi va AQSh bilan aloqalarini rivojlantirishga rozi bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)