AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning Shimoliy Koreya bilan savdo aloqalarini bas qilish haqidagi da’vatlariga qaramay, Rossiya KXDRga o‘ta ko‘p mahsulotlar yubormoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Shtatlar gubernatorlari bilan uchrashuvda nutq so‘zlayotib, Tramp Xitoy uning ma’muriyatidan signallar olgach, Shimoliy Koreyaga nisbatan ko‘p narsalarni o‘zgartirganini aytdi. “Ammo mavjud sanksiyalarga qaramay, KXDRga Rossiya orqali juda ko‘p tovarlar yetib boryapti”, — dedi AQSh rahbari.
Shuningdek, Tramp KXDRning yadro dasturi tufayli AQSh unga bosim o‘tkazishda davom etishini aytdi. Shu bilan birga, Amerika prezidenti Vashington Pxenyan bilan muzokaralarga tayyorligini, biroq “ma’lum shartlarga rioya qilinishi” zarurligini ta’kidladi.
KXDRga Rossiya har chorakda 40 ming tonna neft yetkazib beradi. Shuningdek, Pxenyan Moskvadan oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jalik xomashyolari, yog‘och va sellyuloza-qog‘oz buyumlarini qabul qilib oladi. Ushbu yetkazmalar sanksiyalarga zid emas.
Izoh (0)