AQShning Florida shtati Parklend shahridagi maktabda 17 kishini otib tashlagan Nikolas Kruzning advokatlari ushbu ishni ko‘rib chiqayotgan sudyaning almashtirilishiga erishmoqchi, deb yozadi “TASS”.
Advokatlar da’vo qilishicha, sudya Elizabet Sherrer ayblov tomoni foydasiga fikr bildirib, qarorlar chiqarmoqda. Shu munosabat bilan ular Kruz adolatli sud ishiga umid qila olmasligini aytib, sudyaning o‘zgartirilishini istayapti.
14-fevral kuni ushbu maktabning sobiq o‘quvchilaridan biri — 19 yoshli Nikolas Kruz o‘t ochishi natijasida 17 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi yaralangan edi.
Izoh (0)