Marokash qiroli Muhammad VI 26-fevral, dushanba kuni muvaffaqiyatli yurak operatsiyasini boshidan o‘tkazdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, 20-yanvar kuni 54 yoshli qirolda yurak ritmining buzilishi aniqlangan. Operatsiya Parijdagi “Ambruaz Pare” kardiojarrohlik klinikasida o‘tkazilgan. Natijada yurak ritmi normallashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, operatsiyadan keyin davolovchi shifokorlar tayinlagan tinchlik davri o‘tgach, qirol odatdagi faoliyatiga qaytishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)