Norvegiyada 77 kishining umriga zomin bo‘lgan teraktlarni tashkillagan Anders Breyvik ilk bor qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi. Bu haqda u o‘zi tutib turilgan Shiyen qamoqxonasi ma’muriyatiga maktubda, shuningdek, unga taklif etilgan psixiatr bilan suhbatda ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“2011-yil 22-iyulda amalga oshirgan harakatlarimdan afsusdaman. Agar imkoniyati bo‘lganida, o‘sha voqealar hech qachon yuz bermasligiga erishgan bo‘lardim”, — deyiladi maktubda.
Afsus-nadomati va o‘nglanish yo‘liga o‘tishi haqida Breyvik o‘tgan yil martida Norvegiya apellyatsiya sudi qamoqxonada uning huquqlari buzilayotganini tan olishdan bosh tortganidan so‘ng bildirdi.
Ishi Yevropa sudida qayta ko‘rib chiqilishiga urinayotgan terrorchi yangi hayot boshlash, natsizm mafkurasidan voz kechish va namunali mahbus bo‘lish niyatida ekanligini da’vo qilmoqda. Ismi-sharifini o‘zgartirishga qaror qilgani ham shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: hujjat bo‘yicha Breyvik endi rasman Fotolf Xansen deb ataladi.
Izoh (0)