Rossiyaning Novokuznetsk shahrida yashovchi aholi o‘t o‘chiruvchilar Vladimir Putinning saylovoldi bannerlarini yuvayotganining guvohi bo‘ldi, deb xabar beradi TJournal.
O‘t o‘chiruvchilar shaharning Novoilinskiy tumaniga kiraverishdagi bannerga yong‘inga qarshi ishlatiladigan suv nasosidan suv sepgan.
Jarayon guvohi bo‘lgan fuqaro ushbu holat aks etgan suratlarni Instagram’ga joylashtirgan.
Avvalroq, Kemerovo tumani aholisi Putinning saylovoldi bannerlari politsiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotganining guvohi bo‘lgan edi.
Huquq-tartibot organlari xodimlarining ma’lumot berishicha, Vladimir Putin surati aks etgan plakatlar oldida tun-u kun navbatchilik qilish haqida ko‘rsatma berilgan. Ushbu obyektlar ustidan prezident saylovlariga qadar nazorat o‘rnatilishi belgilangan.
Izoh (0)