Amerikaning Vayoming shtatida yuk poyezdi o‘z relsidan chiqib ketdi. Mazkur voqea sodir bo‘lganidan keyin poyezd vagonlari yonib ketgan. Bu haqda WIVB4 telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Poyezdning halokatga uchrashi oqibatida bir necha sisterna ajralib chiqib, temiryo‘l ko‘tarmasidan tushib ketgan.
Avariya oqibatida poyezdni kuzatib ketayotgan muhandisning oyog‘i singan va boshidan jarohat olgan. Hozirda u shifoxonada.
Izoh (0)