Janubiy Afrika Respublikasining sobiq bosh vaziri Siril Ramaposa mamlakat prezidenti lavozimiga saylandi, deb xabar beradi “TASS”.
Yangi prezidentni saylash haqidagi qaror 15-fevral kuni parlamentning maxsus yig‘ilishida qabul qilingan.
Bir necha soatdan so‘ng, Ramaposa mamlakat oliy sudi sudyasi Magoyenga Magoyenga va parlament a’zolari oldida qasamyod qabul qildi. Marosimda, shuningdek, jurnalistlar va xorijiy mehmonlar ishtirok etgan.
Yangi prezident mamlakat fuqarolariga korrupsiya bilan kurashishga alohida e’tibor qaratishga va’da berdi.
JARning sobiq prezidenti Jeykob Zuma 15-fevral kuni televizor orqali murojaatida iste’foga chiqishi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)