Bloomberg dunyodagi iqtisodiyoti eng yomon bo‘lgan mamlakatlar reytingini taqdim etdi. Mazkur ro‘yxatga yana bir bor Venesuela yetakchilik qilmoqda. Inflyatsiya va ishsizlik asosida tuziladigan ro‘yxatdan joriy yilda 66 mamlakat o‘rin oldi, deb xabar berdi “RBK”.
Venesuelaning “oqsoq”lik indeksi 1872 ta punkt asosida tuzilgan bo‘lib, mamlakat to‘rtinchi bor ketma-ket iqtisodiyoti eng yomon mamlakatga aylandi. 2018-yilning bashoratlariga ko‘ra, Venesuelaning ahvoli hozirgidan kamida 3 martaga yomonlashadi.
Reytingdan keyingi o‘rinlarni Janubiy Afrika (1833,1 punkt), Argentina (1827,1), Misr (1826,4), Gretsiya va Turkiya (1820,6), Ukraina (1817,8), Ispaniya (1817,3), Braziliya (1815,8) va Saudiya Arabistoni (1815,4) egalladi.
Natijalar umuman olganda ijobiy bo‘lib qolayotgan global iqtisodiyotning istiqbollarini aks ettiradi: 2018-yilda jahon iqtisodiyotining 3,7 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Izoh (0)