Floridaning Parklend shahridagi maktabda ro‘y bergan otishmada 17 kishi halok bo‘lgani munosabati bilan AQShda motam marosimlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Fojia joyidan 3,2 kilometr narida joylashgan Parklend bog‘idagi motam marosimida bir necha ming kishi ishtirok etdi. Qurbonlarning har birini ismi-sharifi o‘qilib, xotirasi yodga olindi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy, mamlakat va xorijdagi hukumat binolarida 20-fevralga qadar bayroqlarni tushirib qo‘yishga ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)