Shimoliy Koreyada AQShning yana bir fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda, Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Amerikalik kishi KXDRga qarshi harakatlarni amalga oshirishda gumon qilinib qo‘lga olingani bildirilmoqda.
U Shimoliy Koreya rasmiylari tomonidan tutib turilgan AQShning to‘rtinchi fuqarosi bo‘ldi.
Oldinroq Pxenyan xalqaro aeroportida KXDRga gumanitar yordam yetkazish dasturida ishtirok etgan amerikalik o‘qituvchi hibsga olingani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)