Bir yil avval Atlantika okeanidagi Avliyo Yelena orolida qurilgan aeroportga ilk samolyot kelib qo‘ndi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Janubiy Afrikadan yetib kelgan samolyotda 60 yo‘lovchi bo‘lgan. Xuddi shuncha yo‘lovchisi bor boshqa samolyot qit’aga jo‘natilgan.
Aeroport joylashgan qoyada tabiiy sharoitlar, xususan, kuchli shamol samolyotlarning qo‘nishini deyarli butunlay imkonsiz qilib qo‘yadi. U “dunyodagi eng befoyda aeroport” deb nom oldi. Aeroportni qurishga 285 million funt sterling sarflangan.
Izoh (0)