Pokiston va Afg‘oniston chegarasi yaqinida kamida beshta afg‘on nazorat-o‘tkazish punktlari yo‘q qilindi va buning oqibatida 50 nafarga yaqin afg‘on harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Pokiston armiyasi vakillari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
General-mayor Nodim Ahmad Chaman chegara o‘tish joyidagi to‘qnashuvda ikki nafar pokistonlik askar halok bo‘lgani, yana to‘qqiz nafari jarohatlanganini bildirdi.
Pokiston armiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 30-apreldan boshlab “Afg‘oniston tomoni, tegishli ogohlantirishlarga qaramay, Kulli Luqmon va Kulli Jahongir qishloqlarida aholini ro‘yxatga oluvchilar faoliyatiga to‘sqinlik qilib kelgan”.
Ikki davlat o‘rtasida oxirgi oylarda terrorchilar bilan kurash borasida qarama-qarshilik keskin tus olgani sababli Chaman chegara o‘tish joyi hozirda kishilar qatnovi va yuk tashish uchun yopib qo‘yildi.
Izoh (0)