Somali janubidagi Quyi Shabelle mintaqasida 5-may, juma kuni “ash-Shabob” terrorchi guruhi yetakchisi Muallim Usmon Abdubadip o‘ldirildi. Bu haqda Somali hukumati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Hukumat qo‘shinlari jangarilar yetakchisidan tashqari yana uch nafar terrorchini yo‘q qildi.
Reuters agentligiga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida bir amerikalik harbiy halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohatlandi.
Bu AQSh harbiy xizmatchisining Somalida 1993-yildan beri birinchi marotaba halok bo‘lishi ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)