Bag‘dodda uyushtirilib, 130 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlashlar IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda AQSh tomonidan Iroq huquq-tartibot organlari va qurolli kuchlariga beriladigan ko‘makni kuchaytiradi, xolos. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili tarqatgan yozma bayonotda aytiladi, deb yozadi “TASS”.
“Ushbu hujumlar IShIDdan hududlarni qaytarib olishda davom etayotgan Iroq xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash qarorimizni mustahkamlaydi, xolos”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, AQSh IShID guruhi va uning boshliqlarini tag-tubi bilan yo‘q qilishga qaratilgan harakatlarni ishga tushirishda davom etadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)