Polshada tonggi ko‘rsatuvlardan birida fokuschi tryuk bajarish vaqtida 46 yoshli teleboshlovchi Marjena Rogalskaning qo‘liga mix sanchib oldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
YouTube’ga joylangan videoda fokuschi ayolning qo‘lidagi metall mixni tezkorlik bilan sug‘urib olgani aks etgan. Shunga qaramay, boshlovchi tibbiy ko‘mak so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Dastur prodyuserlari so‘zlariga ko‘ra, suratga olish ishlaridan avval tryukka puxta tayyorgarlik ko‘rilgan.
Izoh (0)