Xitoy Xalq Respublikasida sud avtobusni yoqib yuborib, 18 kishining halokatiga sabab bo‘lgan erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” Sina axborot agentligiga tayanib.
Hukm Xitoy shimoli-g‘arbidagi Ninsya-Xuey avtonom tumani ma’muriy markazi Inchuan shahri xalq sudi tomonidan chiqarildi.
Hodisa 5-yanvar kuni sodir bo‘ldi. Inchuan shahrida avtobus yoqib yuborilishi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi, yana 32 kishi jarohat oldi. Ayblovchi tomon versiyasiga ko‘ra, sudlanuvchi Ma Yunpin jinoyatni qurilish shartnomasi bo‘yicha pudratchi bilan bahsli vaziyatni hal qila olmagach, norozilik hissi tufayli amalga oshirgan.
Sudlanuvchi hukm ustidan shikoyat berishini ma’lum qilib bo‘ldi.
Izoh (0)