Irkutsk viloyatidagi Rossiya favqudodda vaziyatlar vazirligining Il-76 samolyoti qulagan joydan olti kishining jasadi topildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Havo kemasi bortida 10 kishidan iborat ekipaj bor edi. Hozirda qidiruv ishlari davom etmoqda.
Samolyot 1-iyul, juma kuni tongda viloyatning Kachug tumanidagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun uchib ketgan va belgilangan vaqtda aloqaga chiqmay, g‘oyib bo‘lgan. Havo kemasi 3-iyul, yakshanba kuni Ribniy Uyan posyolkasidan 4 kilometr janubda topildi. Il-76 deyarli to‘liq yonib ketgan, uning faqat dum qismi qolgandi.
Eslatib o‘tamiz, 4-iyul, dushanba Irkutsk viloyatida motam kuni deb e’lon qilindi.
Izoh (0)