Rossiyaning Irkutsk viloyatida favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli Il-76 samolyoti halokatga uchragani ma’lum qilindi. Samolyot 1-iyul, juma kuni ertalabki soatlarda viloyatdagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish chog‘ida g‘oyib bo‘lgan edi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Aytilishicha, bort tayga hududidagi Karam aholi yashash punkti yaqinida qulagan. Voqea joyiga qidiruv guruhi yo‘llangan. Ekipaj taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Samolyot bortida, ekipajdan tashqari, “AS Baykal TV” telekompaniyasining suratga olish guruhi ham bo‘lishi kerak edi, ammo ayrim sabablarga ko‘ra ular havo kemasiga minmagan.
Izoh (0)