Keniya shimoli-sharqida avtobuslarga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy rasmiylar vakili Fredrik Shisia ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Hujum 1-iyul, juma kuni ertalab Somali bilan chegaradagi Mandera okrugida ro‘y bergan. Noma’lum kimsalar Keniya poytaxti Nayrobidan kelayotgan ikki avtobusni o‘qqa tutgan.
Hujum qilganlar va avtobuslardagi yo‘lovchilar soni aniqlashtirilmagan.
Izoh (0)