Tojikiston prezidentining qizi, prezident ijroiya apparati rahbari Ozoda Rahmon mansabdor shaxslarga Ramazon oyi tugashi munosabati bilan sadaqa (zakot) berish majburiyatini yukladi, deb yozadi “RIA Novosti” “TajikTA” agentligiga tayanib.
Ular xayr-ehsonni ehtiyojmand oilalar, yetimlar va yolg‘iz fuqarolarga taqdim etishi kerak. Amalga oshirilgan xayr-ehson haqida viloyat, shahar va boshqa ma’muriy bo‘linmalar rahbarlari, shuningdek, imom xatib va tadbirkorlar hisob beradi. Ular prezident ma’muriyatiga to‘langan summa haqidagi ma’lumotni taqdim etadi.
To‘lov jarayonini din ishlari bo‘yicha qo‘mita nazorat qiladi.
Izoh (0)