Rossiyaning Irkutsk viloyatida g‘oyib bo‘lgan Il-76 samolyotini qidirishga to‘qqizta havo kemasi jalb qilindi, yana bir nechta samolyot parvozga tayyorlanmoqda. Bu haqda Rossiya FVVning Inqirozli vaziyatlarni boshqarish milliy markazi boshlig‘iga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
1-iyul, juma kuni ertalab bortida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan o‘n kishi bo‘lgan Il-76 samolyoti yo‘qolib qoldi. O‘rmon yong‘inlarini o‘chirish bilan band bo‘lgan samolyot Moskva vaqti bilan 6:30 (Toshkent vaqti bilan 8:30)da aloqaga chiqmagan.
Izoh (0)