Boliviya prezidenti Evo Morales sobiq fuqarolik rafiqasi farzandining otasi kimligini aniqlash uchun DNK testini topshirdi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlarga tayanib.
Davlat rahbari sud buyrug‘ini bajarib, zarur tahlilni Boliviya bosh prokuraturasi qoshidagi Sud-tadqiqot insitutida topshirgan. Moralesning sobiq xotini Gabriela Sapata o‘z navbatida test topshirishdan bosh tortdi. Uning advokati aytishicha, u faqat prezident va uning ehtimoliy o‘g‘li oldidagina tahlil topshirishi mumkin.
Avvalroq Morales o‘zi Xitoyning CAMC kompaniyasiga rahbarlik lavozimiga tayinlagan Sapata bilan 2005—2007-yillarda yaqin munosabatda bo‘lgani, birga farzand ko‘rgani, ammo o‘g‘li tez orada vafot etganini aytgan edi. Shundan so‘ng u rafiqasi bilan aloqlarni uzgan.
Keyinroq o‘z nufuzini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olingan Sapata prezident bilan ko‘rgan o‘g‘li tirikligini ma’lum qildi. Ayni paytda Moralesning sobiq fuqarolik xotini hibsda saqlanmoqda. Sapata so‘zlariga ko‘ra, u prezident talabini bajarib, o‘g‘lini voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha sud qarshisida namoyon qilgan.
Izoh (0)