Suriyada yarashuv rejimining vaqti-vaqti bilan buzib turilishi xavotir uyg‘otadi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Gannoverda AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya yetakchilari ishtirokidagi G5 formatidagi uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Suriya haqida gapirar ekanmiz, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi zaif ekanligini yoki ba’zan qisman jiddiy tarzda buzilib turishi yuzasidan xavotir bildirdik. Biz bunga yechim qidirish uchun Jenevadagi muzokaralar davom ettirilishi kerakligini aytdik, toki siyosiy qarorga kelinsin”, — dedi Merkel.
Izoh (0)