Surxondaryo viloyati Termiz shahrida erkak o‘z xotinini ayovsiz kaltaklagani, ayol 6 yildan buyon jabrlanib kelgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB xabar berdi.

Aytilishicha, 15-avgustdan 16-avgustga o‘tar kechasi, tungi soat 02:30 larda Termiz shahrining “Mehrabod” mahallasida yashovchi fuqaro T.E. hamda uning turmush o‘rtog‘i J.E.larning o‘rtalarida kelib chiqqan oilaviy nizo oqibatida, T.E. turmush o‘rtog‘i J.E.ning yuz-chakka va quloq sohasiga urib jarohat yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan ayol turmush o‘rtog‘ining doimiy tazyiq yoki zo‘ravonligi ostida bo‘lib kelgani vaji ilgari jabrlanuvchi IIOga xabar bermaganini inobatga olgan holda, alohida o‘rganilmoqda.
Samarqand viloyati Toyloq tumanida 26-iyul kuni Zeboyi Jahon taxallusi bilan tanilgan xonanda Zebiniso Nosirova o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgandi. Qotillikda uning turmush o‘rtog‘i gumon qilinmoqda. Xabarda aytilishicha, er bolalarini ko‘rish uchun xonandaning uyiga kelgan. Suhbat davomida er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal paytida erkak uni qo‘llari bilan bo‘g‘gan, oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.
Toshkent viloyatida er ayolini o‘lgunicha kaltaklab, vafotiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgan. Andijonda esa erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi.
Izoh (0)