Pokistonda tarkibida pestitsidlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan qandolat mahsulotlaridan zaharlanish tufayli kamida 23 kishi nobud bo‘ldi, o‘nlab kishilar kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 17-aprel kuni oilaviy marosim uchun shirinliklar sotib olgan Panjob viloyatida yashovchi Umar Hayot xonadonida ro‘y berdi. Ularni iste’mol qilgandan so‘ng o‘n kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy politsiya vakili Munir Ahmadning bildirishicha, 25-aprel, dushanba kuniga kelib, hodisa qurbonlari soni 23 kishiga yetgan, 52 kishi kasalxonalarda davolanmoqda.
Izoh (0)