Qozog‘istonlik seysmologlar 26-aprel, seshanba kuni Qirg‘iziston hududida 4,7 magnitudali zilzila ro‘y berganligini qayd etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yerosti silkinishi ertalab, Toshkent vaqti bilan 8:21 da sodir bo‘lgan. Uning epimarkazi Olmaotadan 324 kilometr janubi-g‘arbda, Qirg‘iziston hududida joylashgani bildirilmoqda.
Izoh (0)