Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi bo‘yicha nazorat xizmati (Rospotrebnadzor) tomonidan mamlakat hududiga Zika virusining keltirilishi bilan bog‘liq birinchi holat qayd qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Idora bergan ma’lumotlarga qaraganda, virusni yuqtirib olgan ayol ayni paytda infeksion statsionar xonada saqlanmoqda, uning ahvoli barqaror sifatida baholanmoqda. O‘tkazilgan tekshiruvlar uning oila a’zolarida Zika virusi yo‘qligini ko‘rsatdi, shunday bo‘lsa-da, ular ham nazorat ostiga olingan.
Izoh (0)