Xitoyda birinchi bo‘lib Zika bezgagika chalingan xasta tuzalib, shifoxonadan chiqarildi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga iqtibos keltirgan holda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Xitoy sog‘liqni saqlash va rejali farzand ko‘rish bo‘yicha davlat qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotga qaraganda, Szyansi viloyatida istiqomat qiluvchi 34 yoshli erkak joriy yilning yanvar oyida Venesuelada bo‘lgan, 28-yanvar kunidan boshlab unda Zika virusining ilk alomatlari – isitma, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatilgan.
5-fevralda u o‘z yurtiga qaytib kelgan, ertasi kuni Gansyan shahridagi shifoxonaga yotqizilgan va davolanish kursidan o‘tgan. Bir haftadan oshiq davom etgan muolajalar o‘z samarasini bergan.
Izoh (0)