Italiyaning Foil Skis kompaniyasi sport anjomlari to‘plamini namoyish qildi, deb yozadi Luxurylaunches. Unga tog‘ chang‘ilarining bir nechta modellari kirdi, bular Oro-Nero, Rossastro, Bianco va Moca’dir.
Ularni yaratishda tezoblangan dub, Afrika palisandri va qizil yog‘och kabi nodir daraxtlar yog‘ochlaridan foydalanildi. To‘plam narxi — 50 ming dollar.
Chang‘ilardagi qayishlar alyuminiydan tayyorlangan hamda platina va oltin bilan qoplangan. Chang‘ilarga egasining ismini o‘yib yozish mumkin. Ular maxsus g‘ilof bilan birga sotiladi.
Izoh (0)