Suriyada Saudiya Arabistoni boshchiligida yer usti harbiy operatsiyasi o‘tkazilsa, Qatar unda ishtirok etishga tayyor. Bu haqda amirlikning davlat mudofaa vaziri Xolid al-Atiyya bayonot berdi, deb yozadi “TASS” agentligi “Ash-Sharq al-Avsat” nashrining elektron versiyasiga tayangan holda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qatar Suriyada Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari bilan “yelkama-yelka” turib jang qilishga tayyor.
“Amirlikning rasmiy pozitsiyasi aniq”, – ta’kidlab o‘tdi al-Atiyya. Qatar rasmiylari 2015-yilning oktabrida mamlakatning arab davlatlari ishtirokida Suriyada o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan harbiy operatsiyada ishtirok etishga hozirligini bildirgan edi.
Izoh (0)