Liviyaning prezidentlik kengashi milliy birdamlik hukumatining tarkibi borasida kelishuvga erishdi. Buni kengash a’zolaridan biri Fathi al-Majburiy o‘z telemurojaatida e’lon qildi, deb xabar berdi “RBK” sayti Reuters agentligiga tayangan holda.
Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, yangi tuzilgan kengash 13 vazir va besh davlat vaziridan tashkil topadi. Davlat vazirlarining uch nafari ayollar bo‘ladi.
Mamlakatning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadigan rasmiy parlamenti oldinroq hukumatning 32 kishidan tashkil topishi ko‘zda tutilgan tarkibini tasdiqlashdan bosh tortgan edi. Bunga sabab sifatida vazirlar sonining juda ko‘pligi ko‘rsatilgan edi. Ancha qisqartirilgan yangi tarkib tez orada parlament tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)